Hindistonda 15 dollarlik smartfon ishlab chiqarildi

Hindistonda 15 dollarlik smartfon ishlab chiqarildi

Kanadaning DataWind kompaniyasi Hindistonning RCom kompaniyasi bilan hamkorlikda dunyodagi eng arzon smartfonni ishlab chiqarishini ma’lum qildi.

Smartfon 999 rupiyga (15 dollar atrofida) baholangan. “Economic Times” nashrining ma’lum qilishicha, yangi smartfon RCom’dan yil davomida internetdan tekin foydalanish imkonini beruvchi xizmatlar paketi bilan birga sotiladi.

DataWind smartfoni Linux operatsion tizimida ishlaydi. Hamyonbop smartfonning rasmiy taqdimoti 28 dekabr kuni o‘tishi rejalashtirilgan.

DataWind’ning ijrochi direktori Sunit Singx Tulining aytishicha, kompaniya boshidan 1000 rupiydan arzonroq narxdagi mobil qurilmani yaratishni maqsad qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!