Hindistonda 4 dollarlik smartfon savdoga chiqariladi

Hindistonda 4 dollarlik smartfon savdoga chiqariladi

Freedom 251 smartfonining narxiga bir finjon qahva sotib olish mumkinligiga balki ishonmassiz. Ammo bu haqiqat! Hindiston ishlanmasi arzimagan pul tursa ham, o‘rtacha texnik xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Yangi mahsulot haqidagi batafsil ma’lumotlar ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Smartfon Android 5.1 aoperatsion tizimi asosida ishlab, 4 dyuymli ekran, 1.3 Gs chastotali 4 yadroli protsessor, 1Gb hajmli tezkor va 8 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Bosh kamerasi 3,2 Mp bo‘lib, boshqa smartfonlar bilan solishtirganda, bir qadam orqaga odim tashlangan. Old kamerasi esa 0,3 Mp ga teng.

Quvvat toshi – batareyasining sig‘imi 1 450 mAs. Smartfon 3G-aloqani ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning boshlang‘ich narxi 4 dollarga yaqinroqni tashkil etadi. Unga 2016 yilning 18 martida rasmiy sayt orqali buyurtma berish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!