Hindistonda 5000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy A9 Pro namoyish etildi

Hindistonda 5000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy A9 Pro namoyish etildi

Joriy yilning mart oyida Samsung kompaniyasi xitoy bozorida Galaxy A9 Pro smartfonini taqdim etgandi. Oradan qariyb besh oy o‘tib, kompaniya endi yirik Hindiston bozorida o‘z yangi devaysini namoyish qildi.

Eslatib o‘tamiz, qurilmada 1920×1080 piksel o‘lchamli 6 dyuymli AMOLED-ekran, sakkiz yadroli, 1,8 GGs takt chastotali Snapdragon 652 protsessor, shuningdek, 4 GB operativ va 256 GBgacha kengaytirish imkonini beruvchi microSD kartaga ega 32 GB o‘rnatma xotira kabi imkoniyatlar bor.

Qolaversa, Samsung Galaxy A9 Pro qo‘sh SIM-kartali va barmoq skaner, f/1,9 aperturali 16 megapiksel asosiy, 8 megapiksel old kamera, tasvirni optik barqarorlashtiruvchi hamda  LED-chaqnoq (vspishkoy) bilan ta’minlangan.

Eng asosiysi, devays 5 000 mAs quvvatga ega akkumulyator bilan to‘ldirilgan. Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow boshqaruvi ostida ishlaydi. Samsung Galaxy A9 Pro smartfonining o‘lchami 161,7 x 80,9 x 7,9 mm, vazni  210 grammni tashkil etadi.

26 sentyabrdan Hindiston savdo rastalarida sotuvga qo‘yiladigan apparat 3 xil rangda bo‘ladi: qora, oq va tillarang. Qurilma bahosi $486 dan boshalanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.