Hindistonda yig'ilgan: iPad Xitoydan ko'chib ketmoqda

Hindistonda yig'ilgan: iPad Xitoydan ko'chib ketmoqda

CNBC nashrining o'z manbalariga asoslanib xabar berishicha, Hindiston Apple bilan iPad ishlab chiqarish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Ma'lum bo'lishicha, kompaniya hozirda hukumat amaldorlari bilan mamlakatning Tamilnadu shtatidagi Chennay shahri yaqinidagi zavod planshetlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladimi yoki yo'qligini muhokama qilmoqda.

Aytish kerakki, 2020-yil boshida pandemiya boshlanganidan beri, Apple qurilmalarining ishlab chiqarilishi borasida Xitoyga qaramligini yo'qotish uchun o'z zavodlarini diversifikatsiya qilishni ko'rib chiqmoqda. Kompaniya o'ta murakkab mobil qurilmalarni yaratish bo'yicha tajribaga ega bo'lgan shaxslarning yetishmasligi sabab iPad ishlab chiqarilishini Hindistonga ko'chirishga ikkilanmoqda.

Aytish kerakki, bozorlarda allaqachon "Hindistonda yig'ilgan" AirPods va Beats quloqchinlari, shuningdek, iPhone 14 smartfonlari sotuvga chiqarilgan.

O'QING: Apple'ning sun’iy yo‘ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish xizmati bir odamning hayotini saqlab qoldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!