Hisobot: O‘zbekiston sun’iy ongni davlat boshqaruviga joriy etishga tayyor emas

  •   DiMaX
  •  713
  •  29.08.2019 11:05

Hisobot: O‘zbekiston sun’iy ongni davlat boshqaruviga joriy etishga tayyor emas

O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etishga tayyorligi bo‘yicha 190 mamlakatdan 158 o‘rinni egalladi. Oxford Insights tahlil markazining 2019 yil uchun The Government AI Readiness Index hisoboti chop etildi, deb yozadi Minbar nashri.

O‘QING: “Unbound”: O‘zbekistonda IT sohasining rivojlanishi dinamikasi Qozog‘istonga qaraganda yaxshiroq va tezroq rivojlanmoqda

Ushbu indeks dijital ko‘nikmalardan boshlab to ma’lumotlarni uzatish tizimlarining mavjudligi kabi to‘qqiz metrikadan iboratdir.

Reytingda O‘zbekiston 1,4 ball bilan Markaziy Osiyoda Turkmanistondan keyin to‘rtinchi o‘rindan joy olgan. Ushbu ro‘yxatda Turkmaniston – 182 o‘rin, Tojikiston – 98, Qirg‘iziston 97 o‘rinda va Qozog‘iston 65 o‘rinda joylashgan.

Hisobot nimasi bilan muhim: sun’iy ong (sun’iy intellekt, sun’iy idrok) texnologiyalari 2030 yilga kelib global iqtisodiyotga $15 trln qiymat qo‘shishi kutilmoqda. Hisobotda iddao qilinishicha, taraqqiy davlat hukumatlari qoloq davlatlar hukumatlariga qaraganda bu texnologiya olib kelayotgan yutuqlardan ko‘proq foyda ko‘radi. Shu bois, O‘zbekiston kabi endi rivojlanayotgan davlatlar 4 Industrial inqilobidan foyda ko‘rolmay qolib, boqiy qashshoqlikka mahkum bo‘lib qolishi ehtimoli bor.

Kutilgandek, bu yilgi hisobotning faxriy o‘rinlarida barqaror iqtisodiyot, fozil boshqaruv va innovatsion xususiy sektorga ega davlatlar joylashgan.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etishga tayyorligi bo‘yicha Sigapur birinchi o‘rinda ketmoqda, qolgan top yigirmatalikni G‘arb davlatlari egallagan. Kuchli yigirmatalikka Osiyodagi to‘rt davlat ham kirgan, lekin u yerda bitta ham Lotin Amerikasi yoki Afrikadan davlat yo‘q.

O‘QING: Dunyoning innovatsiya bo‘yicha peshqadam o‘n davlati. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q, ammo Osiyoning uch vakili bor

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!