Hitman 3 o‘yinini kompyuter va pristavkalarga 6 aprelgacha bepul olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  498
  •  31.03.2021 18:04

Hitman 3 o‘yinini kompyuter va pristavkalarga 6 aprelgacha bepul olib qo‘yishga ulguring!

IO Interactive studiyasi kal killer haqidagi ekshen – Hitman o‘yinining uchinchi qismini vaqtincha tekin tarqata boshladi. Geymerlar bepul Starter Pack to‘plamini 6 aprelgacha yuklab olishlari mumkin – uning tarkibiga o‘yinning uchala mavsumidagi bir nechta bosqich kiritilgan.

O‘QING: Keleslik bolaning kompyuter o‘ynashi uning ota-onasiga o‘ta qimmatga tushdi!

Xususan, o‘yinchilar o‘yinning dastlabki ikkita mavsumidagi o‘rgatuv missiyalari bilan tanishib chiqish hamda uchinchi qismidagi Dubaydagi shartnomani bajarish imkoniga ega bo‘ladilar. Dasturchilar yaqin orada ushbu to‘plamga yanada ko‘proq bepul kontent qo‘shishga va’da berishgan. Hitman 3 egalariga esa hozir Hitman 2 qismidagi kirish topshirig‘i bepul taqdim etilmoqda.

Hitman 3 o‘yinining bepul versiyasini uchta asosiy o‘yin platformalarida o‘ynash imkoni mavjud. Shaxsiy kompyuterli geymerlar uni Epic Games do‘konidan mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin. PlayStation konsollari o‘yinni mazkur havola yordamida, Microsoft Xbox pristavkalari sohiblari esa ushbu havola orqali olib qo‘ysalar bo‘ladi. Shoshiling, o‘yinning tekin taqdim etilishi aksiyasi shu yilning 6 apreligacha amalda bo‘ladi.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!