Hokim: «Rahbarlar ikki kun ichida Facebook’da sahifa ochishsin!»

  •   DiMaX
  •  658
  •  18.07.2019 12:59

Hokim: «Rahbarlar ikki kun ichida Facebook’da sahifa ochishsin!»

Samarqand shahrida ShHT sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha shtablar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligining yozishicha, bu tadbirda viloyat hokimi Erkin Turdimov zamonaviy tashabbus bilan chiqqan.

O‘QING: Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Viloyat hokimi E.Turdimov yig‘ilishda: «Endi viloyat gaz, elektr tarmoqlari, suvoqova, avtoyo‘l va transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining sahifalarini ochishi va xalq bilan yaqindan muloqotda bo‘lishi kerak», deb qat’iy ta’kidlagan.

Xabarga ko‘ra, ikki kun ichida ushbu tashkilotlar avval Facebook’da sahifa ochib, xalqning savollariga javob beradi va muammolari bo‘lsa hal etadi.

Erkin Turdimov 15 iyul kuni o‘tkazilgan viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida ham Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘iga ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochib, xalq bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq bergan edi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Nega O‘zbekistonda elektron hukumat to‘liq ishga tushirilmayapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!