Hokimning o‘g‘li 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, TikTok’da jarimalari bilan maqtandi (video)

  •   DiMaX
  •  1748
  •  02.10.2020 11:16

Hokimning o‘g‘li 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, TikTok’da jarimalari bilan maqtandi (video)

TikTok servisidagi Dilshod_550 nomli foydalanuvchi Toshkent shahri bo‘ylab avtotransport vositasida katta tezlikda harakatlanib, bu jarayonni tasvirga oldi va videoni tarmoqqa joyladi. Holatga bloger Nikita Makarenko e’tibor qaratib, o‘zining kanalida bir nechta postlar qoldirdi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" qanday avtomobil?

«Potensial qotil, Dilshod ismli 01K550XA raqamli avtomashina haydovchisi, jarimalarni yig‘adi va ularni TikTok'da g‘urur bilan namoyish etadi. Qiziq, u kimning farzandi ekan-a?» – deya izoh qoldirdi Makarenko foydalanuvchining avtomashinada soatiga 150 km tezlikda harakatlangani aks etgan videosi ostida.

Foydalanuvchi qo‘ygan suratlardan u yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun tuzilgan ma’muriy bayonnomalarni «kolleksiya» sifatida to‘plashi va o‘z sahifasiga joylashni xush ko‘rishini ko‘rish mumkin.

O‘QING: «Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Sahifaga joylangan suratlardan birining ostiga #hokimiyat heshtegi yozilgan. Suratdan tezlikka ishqiboz haydovchi mansabdorlarga xos xizmat xonasida o‘tirgani ko‘rinadi.

Bloger Nikita Makarenko TikTok’ning bu foydalanuvchisi Ismoilov Dilshod Usmon o‘g‘li ekanini aniqlab, Olmaliq shahar hokimi Usmon Ismoilovich Rahimovning o‘g‘li bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.

Kun.uz bu ma’lumot qay darajada haqiqatga yaqinligini bilish maqsadida Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov bilan bog‘landi. U bergan ma’lumotga ko‘ra, Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimov videodagi haydovchi uning farzandi ekanini tasdiqlagan, ammo tarmoqqa joylangan bu videolarga «ancha vaqt bo‘lgan»ini aytgan.

Foydalanuvchi ayni paytda sahifasiga joylagan video va rasmlarni o‘chirib tashlagan.

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.