Home24uz – elektronika va maishiy buyumlar sotiladigan onlayn gipermarket

Home24uz  – elektronika va maishiy buyumlar sotiladigan onlayn gipermarket

Bugungi kunda yurtimizda ham onlayn magazinlar soni ortib bormoqda. Shulardan biri home24uz onlayn gipermarketi. Biz mazkur onlayn gipermarket foaliyati bilan yaqinroq tanishish uchun ularning mehmoni bo‘ldik.

Kompaniya o‘z faoliyatini boshlaganiga to‘rt oy bo‘ldi. Kompaniya tijorat direktori Shirin Muxamedova so‘zlariga ko‘ra, ikki yil oldin loyiha ishlari boshlab yuborilgan. Dastlab logotip o‘ylab topilgan, so‘ng faoliyat mazmuni ishlab chiqilgan.

– Biz uy va ofis uchun barcha kerakli mahsulotlarni yetkazib beramiz. Bu xaridorlarimizga ancha qulaylik yaratadi. Sababi boshqa holatda bizning onlayn gipermarketimizdagi mahsulotlarni u do‘kondan bu do‘konga yurib xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ancha vaqtni talab qiladi. Biz hozircha test rejimida ishlayapmiz. Bir haftada 10 taga yaqin buyurtmalar bo‘ladi. Saytimizda 2300 dan ortiq mahsulotlar mavjud. Shu fursatdan foydalanib, uy va ofis jihozlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni hamkorlikka chorlab qolamiz. Ayni kunlarda hamkorlarimiz bilan shartnomalar tuzmoqdamiz. Saytimizda asosan, mahsulotlarning rasmini sifatli va turli rakurslarda berishga harakat qilamiz. Har bir mahsulotga kengroq, har bir detaligacha ta’rif berishga ham alohida e’tibor qaratayapmiz, – deydi Shirin Muxamedova.

Saytga kirib, buyurtma qilishda, ro‘yxatdan o‘tmasdan ham buyurtma berish mumkin. Faqat ro‘yxatdan o‘tmagan kishining shaxsiy savatchasi bo‘lmaydi. Keyingi safar nima buyurtma qilgani ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ma’qul. Shaxsiy savatchaning yana bir afzallik tomoni shundaki, siz masalan muzlatgich olmoqchisiz, lekin solishtirishga kelganda o‘ylanib qolishingiz mumkin. Shunday holda siz o‘zingiz yoqtirgan to‘rt-beshta muzlatgichni tanlab olib, savatchangizga tashlaysiz va solishtirish tugmachasini bosasiz. Shunda siz ularning qaysi biri sizga to‘g‘ri kelishini aniqlab olasiz. Buyurtmani telefon orqali ham amalga oshirish mumkin. Mahsulotni yetkazib berishda kichik hajmdagi mahsulotlar uchun 10 000 so‘m va katta hajmdagi mahsulotlar uchun 30 000 so‘m olinadi. To‘lov plastik karta va naqd po‘l yo‘li bilan amalga oshiriladi. Plastik karta to‘lovida ham hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi, ya’ni ba’zi joylarda “plastikka uncha, naqdga buncha” deyishganidek, bu yerda esa unday holatga duch kelmaysiz. Mahsulot hozircha Toshkent shahri hududida yetkazilib beriladi. Xaridor uni tekshirib olgandan so‘nggina to‘lovni amalga oshiradi.

Kompaniya IT sohasida dasturchilar, veb-dizaynerlarni ham ishga taklif qilmoqda. Qiziquvchilar o‘z rezyumelarini kompaniya elektron manziliga yuborishi yoki o‘zlari ofisga tashrif buyurishlari mumkin. Tajribali mutaxassislar uchun ularning eshiklari hamisha ochiq ekan. Kompaniyaning kelajakdagi rejalari haqida so‘raganimizda, avvalo yetkazib berish xizmatini bepul qilib, mahsulotlar xilma-xilligini yanada oshirish, click, sms-to‘lovlarini saytga kiritish, keyinchalik mahsulotlarini kreditga berish masalasini ham o‘ylab ko‘rishlarini bildirishdi.

Xullas, bugun har sohada inson zamonaviylikka intilmoqda. Shu o‘rinda unga xizmat ko‘rsatish sifati ham kun sayin o‘sib bormoqda. Shu yo‘lni tanlab, insonlarga zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatishga bel bog‘lagan home24uz onlayn gipermarketining kelajakdagi faoliyatiga rivojlar tilab, marrani katta olishlariga tilakdoshmiz.

Kompaniya manzili: 100000, Tashkent, m-v Karatash, 106
Telefon: (99871) 200-7-002
Sayt: http://home24.uz/
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!