HomePod smart-kolonkasi kamerasiz ham egasining yuzini va qo‘l ishoralarini taniydi!

  •   DiMaX
  •  303
  •  09.02.2019 09:44

HomePod smart-kolonkasi kamerasiz ham egasining yuzini va qo‘l ishoralarini taniydi!

Keyingi paytlarda kishining qiyofasini skanerlab, uni tanish orqali tizimni qulfdan chiqaruvchi smartfonlar ommalashib bormoqda. Ishlab chiqaruvchilar ushbu texnologiyani boshqa turlardagi gadjetlarga ham tatbiq etishga o‘tishgan.

O‘QING: Yuzni taniydigan tizim siyosatchini jinoyatchi bilan chalkashtirib yubordi

MacRumors nashri jurnalistlari qo‘liga Apple’ning hali rasman e’lon qilinmagan bir patenti tushib qolgan. Unda keyingi avlod HomePod «aqlli» kolonkasi tavsiflangan bo‘lib, mazkur qurilmaga joriy etilgan ayrim yangi texnologiyalar ko‘rsatilgan.

Patentga ko‘ra, HomePod’ning kelajakdagi versiyalaridan biri qo‘l kaftining harakatlarini payqab, shu asosda buyruqlarni qabul qila oladi. Turli qo‘l ishoralari, qarsak kabilarni u umuman kamera qo‘llamasdan, faqat maxsus datchiklar orqali anglaydi. Buni amalga oshirishda Apple tomonidan 2018 yili sotib olingan PrimeSense kompaniyasining texnologiyalari qo‘llanadi. Aytish kerakki, ushbu kompaniyaning dasturchilari bir zamonlar mashhur harakat kontrolleri – Microsoft Kinect’ni ishlab chiqishgan, Apple ham TrueDepth modulini yaratishda ularning bilimlaridan foydalangan edi.

O‘QING: Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

Eng qizig‘i – garchi umuman kamerasi bo‘lmasa-da, HomePod shu datchiklar yordamida egasining yuzini ham aniqlay oladi! Patent hujjatida yozilishicha, bu datchiklar smart-kolonka aylanasi bo‘ylab joylangan. Ular egasining qayerda, qancha uzoqlikda turganini aniqlashga yordam beradi va HomePod o‘z sohibidan boshqalarning buyruqlarini bajarmaydi.

Bu qurilmada ekran bo‘lmaydi, u faqat original HomePod’dagi kabi sensor panel bilan jihozlanadi. Ammo bu «aqlli» kolonka qachon dunyo yuzini ko‘rishi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Barchasiga soliqlar sabab: Apple texnikalari qimmatlashmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.