HongMeng tizimli Huawei smartfoni allaqachon tayyor, narxigacha ma’lum!

  •   DiMaX
  •  1173
  •  05.08.2019 16:13

HongMeng tizimli Huawei smartfoni allaqachon tayyor, narxigacha ma’lum!

Xitoylik texnogigant nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r bo‘lgan HongMeng operatsion tizimini tayyorlaganini bilasiz. Xalqaro bozorga uning Oak OS yoki Ark OS nomi bilan chiqishi kutilayotgan edi, lekin Harmony OS deb nomlanishi ham mumkin...

O‘QING: Rasman: Huawei smartfonlari HongMeng tizimiga o‘tmasdan, Android’da qoladi! Lekin...

Huawei yaqinda HongMeng operatsion tizimli ilk gadjetini namoyish etgan, bu tizim smartfonlarga mo‘ljallanmaganligini ta’kidlagan edi. Lekin Xitoyning rasmiy nashri bo‘lmish Global Times allaqachon shunday telefon deyarli tayyor bo‘lib qolganligini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, kompaniya 9 avgust kuni Dunguan shahrida dasturchilar uchun konferensiya o‘tkazadi. Ayni shu anjumanda HongMeng operatsion tizimi ham namoyish etilishi mumkin. Global Times ta’kidlashicha, o‘shanda yangi tizimli smartfon ham jamoatchilikka ko‘rsatiladi. Lekin smartfonning rasmiy taqdimoti keyinroq – Mate 30 Pro namoyishi bilan birga o‘tkaziladi.

Aytish kerakki, Hongmeng OS g‘oyaviy jihatdan ayni damda Google tayyorlayotgan Fuchsia — tajribaviy operatsion tizimiga o‘xshash. Har ikkala platforma ham modulli bo‘lib, har xil turdagi qurilmalarda qo‘llanishi mumkin: «aqlli» uy gadjetlari, taqiluvchi devayslar, mobil qurilmalar, kompyuterlar va hokazo.

Global Times nashri hattoki HongMeng operatsion tizimli birinchi smartfonning narxini ham ma’lum qilgan. Mazkur devaysni Xitoyda 2000 yuanga sotishmoqchi, bu esa taxminan 288 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Hozircha esa Android tizimli, global proshivkali ba’zi Huawei smartfonlarini 1 073 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Million dollarlikdan oshiq qalbaki Huawei smartfonlarini yasab sotgan yashirin sex fosh etildi!