Honor 10X Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Honor 10X Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Mobil sanoat o‘ta shiddatli olam bo‘lib, bir smartfon ortidan uning davomchisi chiqishi uchun 6 oy juda uzoq vaqt sanaladi. Shunday qilib, Honor 9X Lite ortidan 10X Lite chiqdi.

Umuman olganda, yangi modelda unchalik ham katta yangilanishlar yo‘q, lekin bir necha yangilanishlarni e’tiborga loyiq deyish mumkin.

Shular orasida orqa panelga qo‘shilgan bir juft yangi kamera bor. 10X Lite'ning 48 MP asosiy kamerasi va sath kamerasini endilikda ultrakeng burchakli va makro kameralari ham to‘ldirib turadi.

Ishlab chiqaruvchi amalga oshirgan yana bir asosli o‘zgarish smartfonga USB-C portini o‘rnatish bo‘ldi. Endi 10X Lite 22.5 Vt da tezkor quvvat olish imkoniga ega. Qiyos uchun, 9X Lite 10 Vt da zaryadlanardi. Smartfonning oldingi avlodi 3,750 mAs sig‘imli akkumulyatorda ishlagan bo‘lsa, yangi model 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Yuqorida 10X Lite'ning Honor X Lite lineykasidagi pozitsiyasi keltirib o‘tildi. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, smartfon yaqinda chiqqan Huawei P smart smart 2021 modeli bilan bir xil. P smart 2021'ning o‘zi esa boshqacha nomga ega Y7a'dan boshqa narsa emas. Orqa kameralaridan boshqa barcha jihatlari bilan Honor 10X Lite smartfoni P smart bilan ayni o‘xshash.

Honor 10X Lite smartfonini texnik jihatlari:

> Korpus: 165.7x76.9x9.3 mm, 206 g; ranglar: Icelandic Frost, Midnight Black, Emerald Green.

> Displey: 6.67" IPS LCD, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 tomonlar nisbati, 395 piksel/dyuym zichlik.

> Chipset: Kirin 710A (14 nanometr): sakkiz yadroli (4x2.0 GHz Cortex-A73 & 4x1.7 GHz Cortex-A53); Mali-G51 MP4.

> OT: Android 10, Magic UI 3.1, Google Play xizmatlari mavjud emas

> Orqa kameralar: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 26 mm, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.4, 120˚; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4; LED chiroq, HDR, panorama.

> Old kamera: 8 MP, f/2.0; HDR.

> Akkumulyator: 5000 mAs; 22.5 Vt tezkor quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), akselerometr, yaqinlik datchigi, kompas, FM radio, NFC.

Qadoq tarkibi

Honor 10X Lite oddiy karton qutida sotiladi, lekin qadoq dizayn borasida P smart 2021'nikidan biroz rang-barang — yon tomonlar ko‘k rangda, tepada esa smartfonning bir necha rasmlari tushirilgan.

Qadoq tarkibi esa har ikki modelda bir xil — smartfondan tashqari USB-A-to-C kabeli va 22.5 vattlik Huawei SuperCharge zaryadchigi bor.

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!