Honor 20 smartfonlari savdosi qanday kechmoqda? Natija hayratlanarli!

Honor 20 smartfonlari savdosi qanday kechmoqda? Natija hayratlanarli!

Honor 20 lineykasi may oyi oxirida Xitoyda taqdim qilingan va ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi turkum smartfonlari atigi ikki hafta ichida 1 milliondan ortiq sotilgan.

Всего за две недели в Китае продано свыше одного миллиона смартфонов Honor 20

Yo‘l-yo‘lakay smartfonlar bir nechta yangi rekordlar o‘rnatishga ham ulgurishgan. Masalan, TMall onlayn-do‘konida Honor 20 smartfonlari 300-450 dollar oraliqdagi diapazonda 12 kun davomida eng ko‘p talab qilingan modellar bo‘lishgan.

Qizig‘i shundaki, Xitoyning o‘zida faqatgina Honor 20 modeli sotuvga chiqqan. Uning “katta” modeli Honor 20 Pro sotuvi esa 18 iyundan boshlanishi aytilgan. Ayni damda, ushbu model uchun JD.com sayti orqali 150 mingdan ortiq avvaldan buyurtma qabul qilingan. Shunday qilib, Honor 20 smartfonlari savdosi ushbu oy ham o‘sishda davom etishi tayin.

O‘QING: Huawei Mate 30 Pro yangi suratlarda: to‘g‘ri to‘rtburchakli modul, ikkitalik selfi-kamera va ajoyib dizayn!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!