Honor 50 Pro namoyishdan oldin Geekbench testida, «jonli» video va suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1244
  •  08.06.2021 12:01

Honor 50 Pro namoyishdan oldin Geekbench testida, «jonli» video va suratlarda!

Yaqinda Huawei korporatsiyasi tarkibidan alohida bo‘lib ajralib chiqqan Honor kompaniyasi hozirda Honor 50 turkumidagi smartfonlarini taqdimotga tayyorlayapti. Ilgariroq u Qualcomm kompaniyasi hali e’lon ham qilmagan Snapdragon 888 Pro protsessori asosidagi birinchi smartfonni chiqarishini aytib maqtangan edi.

O‘QING: Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

Joriy yilning 16 iyunida rasman taqdim qilinadigan smartfonlar turkumining ilg‘or vakili – Honor 50 Pro haqida keyingi kunlarda ko‘p ma’lumotlar tarqaldi. Jumladan, turli ranglardagi ushbu flagmanning «jonli» rasmlarini ko‘rish mumkin:

Yangi smartfonlarda Honor bosh kameraning o‘zgacha dizaynini qo‘llaganiga guvoh bo‘lamiz.

Quyidagi lavhada esa Honor 50 Pro modelini qo‘lda ushlab, asosan orqa tomonidan ko‘rsatishgan:

Honor 50 turkumining global versiyalari Google servislari bilan chiqishi aytilmoqda.

O‘QING: HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Bundan tashqari, Honor 50 Pro flagmani allaqachon Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rilgan.

Benchmark natijasi Snapdragon 888 protsessorli flagmanlarnikidan pastroq, zero, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Honor 50 Pro modeli Snapdragon 778G chipseti bazasiga qurilgan. Shuningdek, kompaniya uni 8 GB tezkor xotira va Android 11 operatsion tizimi bilan ta’minlagan.

Yangi turkum vakillarining eng zo‘ri bunisi emas, balki Honor 50 Pro Plus bo‘ladi va ishlab chiqaruvchi uni flagman protsessor bilan chiqaradi.

O‘QING: AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.