Honor 5C eng kuchli va hamyonbop smartfon bo‘ladi

Honor 5C eng kuchli va hamyonbop smartfon bo‘ladi

 

2016 yilning 1-choragida jahon smartfon bozorining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, yirik smartfon bozori hisoblangan davlatlarda endi rivojlanayotgan va hamyonbop “aqlli telefon”lar ishlab chiqarayotgan kompaniyalar qurilmalarining savdosi muntazam o‘sib bormoqda.

Xususan, Xitoydagi smartfon sotishda peshqadamligini saqlab qolishga urinayotgan Huawei kompaniyasi “Honor” turkumiga mansub navbatdagi arzon smartfonni bozorga tayyorlamoqda.

5.2 dyuymli Honor 5C gadjeti 1080p sig‘imli HD displey, 13 MP bosh kamera, 8 MP old kamera, 8 yadroli Kirin 650 protsessori, 2 GB tezkor xotira, 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Smartfonning boshqa hamyonbop raqiblaridan katta farqli jihati unda barmoq izlari skaneri ham tatbiq qilinadi. Mobil aloqa vositasi Android 6.0 operatsion tizimining EMUI 4.1 talqiniga ega bo‘ladi. Qurilma aloqaning LTE avlodida faoliyat ko‘rsatadi.

Honor 5C gadjeti qo‘shimcha imkoniyatlaridan kelib chiqib, $155 hamda 140 AQSh dollari miqdorida sotuvga chiqariladi.