Honor 60 seriyasining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Honor 60 seriyasining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Kechagi tizerlardan yangi Honor 60 seriyasining taqdimot sanasi 1 dekabrda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi. 

Seriya Honor 60, 60 Pro hamda 60 SE smartfonlaridan tashkil topgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pro model Snapdragon 870 chipi, 100 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Honor 60 esa 60 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanadi. 

Avvalgi Honor 50 cyeriyasi kabi yangi smartfonlar ham ikkita aylanali kamera moduliga ega bo‘ladi. Honor kompaniyasi hozircha smartfonlarning texnik jihatlari hamda dizayni haqida hech qanday ma’lumot bermayapti. Demak, kelasi haftada o‘tkaziladigan taqdimot marosimida qurilmalarning barcha jihatlari ma’lum bo‘ladi. Taqdimot Xitoy vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 

O‘QING: realme yangi flagman smartfonni namoyish etmoqchi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!