Honor 70 smartfonining birinchi rasmiy tizeri e’lon qilindi

Honor 70 smartfonining birinchi rasmiy tizeri e’lon qilindi

Honor 70 smartfonlari sotuvga chiqishga tayyor. Honor kompaniyasining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida qurilmaning tizer videosi e’lon qildi. 

Birinchi tizer muhim, chunki bu Honor 70 allaqachon ishlab chiqarilayotganini va do‘kon peshtaxtalarida o‘z o‘rnini egallashga tayyorligini bildiradi. Demak, premera tez orada bo‘lib o‘tadi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, qurilma shu oy oxirigacha rasman taqdim etilishi kerak. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, seriyada uchta model bo‘ladi: bazaviy Honor 70, shuningdek, Honor 70 Pro va Honor 70 Pro+. 

Honor 70 modeliga Qualcomm Snapdragon 7 Gen1 chipi, 120 gerts chastotali Full HD+ OLED displey, 108, 8 va 2 MP sensorli kameralar, 66 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 4,800 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi.  

Honor 70 Pro modeli esa MediaTek Dimensity 8100 chipi, 2600 x 1200 pikselli OLED displey, 50 (Sony IMX766), 50 va 8 MP sensorli kameralar, shuningdek, ikkita old kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. 

Seriyaning yuqori qismida 2800 x 1200 pikselli OLED displey, 50 (Sony IMX800 yoki IMX766), 50, 12 MP (telefoto linzali) kameralar va 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan Honor 70 Pro+ joylashadi. U 100 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

O‘QING: Kelajak buklamafoni va noutbuki ko‘rsatildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!