Honor 80 Pro – dinamik orolga ega navbatdagi Android smartfon

Honor 80 Pro – dinamik orolga ega navbatdagi Android smartfon

Honor kompaniyasi bugun Xitoyda o'zining yildagi eng katta taqdimotlaridan birini o'tkazdi va unda Honor 80 seriyasidagi yangi smartfonlarini taqdim qildi. Honor 80 Pro ushbu qatordagi eng yuqori model bo'lib, u 2700×1224 piksel rezolyutsiyasidagi 120 gerts yangilanish tezligiga ega 6.78 dyuymli displey bilan jihozlangan.

Smartfonning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning ekrani yuqori markazidan ikki selfi kameralar o'rin olgan va ular Apple'ning iPhone 14 Pro smartfonlarining dinamik orolidan "ilhomlanib", Xiaomi Civi 2 smartfonini eslatib yuboruvchi dizayndagi tirqishda joylashgan. Selfi kameralarning o'ziga to'xtaladigan bo'lsak, ularning asosiysi 50MP, ikkinchisi esa 2MP portret linza bo'lib, ular bilan 4K formatda video olish mumkin.

Seriyadagi oddiy model kabi Honor 80 Pro ham 160 MP asosiy orqa kameraga ega. Unga sun'iy intellektga asoslangan 50 megapikselli ultra-keng sensor ham hamrohlik qiladi. Kameralar tasvirni elektronik stabilizatsiya qilish (EIS) xususiyati ega. Aytish kerakki, kameralar oroli smartfon nomiga mos ravishda 8 raqami shaklidagi yaltiroq chegara bilan o'ralgan.

Kapot ostida Honor 80 Pro smartfoni Snapdragon 8+ Gen 1 chipiga ega va u Android 12'ga asoslangan MagicOS 7.0 versiyasida ishlaydi. Ushbu model ham oddiysi kabi 4800 mA/s batareya sig'imiga ega va u 66 Vt tezlikda quvvatlanadi.

Honor 80 Pro smartfoni uchun ham Xitoyda oldindan buyurtma berish boshlangan. Narxlar quyidagicha:

  • 8GB + 256GB = 3499 yuan (5,454,000 so'm atrofida)
  • 12GB + 256GB = 3799 yuan (5,921,000 so'm atrofida)
  • 12GB + 512GB = 4099 yuan (6,389,000 so'm atrofida)

O'QING: Honor 80 smartfoni Snapdragon 782G chipi bilan taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!