Honor 8X: narx borasida toifadoshlaridan arzon

  •   Saroy
  •  4507
  •  11.10.2018 15:07

Honor 8X: narx borasida toifadoshlaridan arzon

Honor 7X’ning izdoshi bo‘lgan  Honor 8X  reja bo‘yicha Xiaomi’ning Redmi Note lineykasini orqaga surib yuborishi kerak, shu bois yangi model kompaniya tomonidan oldinga qarab qo‘yilgan jiddiy qadam bo‘ldi. Honor 8X ingichka romga ega, yangi korpus metaldan va shishadan yasalgan bo‘lib, hamda qopqog‘i ostida GPU Turbo bo‘lgan kuchli  Kirin 710  protsessoriga ega.  

Honor 8X X seriyasidagi o‘tmishdoshlaridan farq qiladi: endi yangi qurilma Huawei nova yoki  Mate gadjetlariga yaqin bo‘ldi. Ekranda jajjigina qirqma hamda yupqa rom, qurilmaga juda ixcham ko‘rinish bergan. Honor 8X ekrani  6,5 dyuym keladi. Bu mazkur brendga qarashli gadjetlarning eng yirik displeyi hisoblanadi. Formati 1080 x 2340 (Full HD+), ekranning korpusga bo‘lgan nisbati 91 foizgacha yetadi.

O‘QING:Tarmoqlarda Honor 8X smartfoni qutisining surati paydo bo‘ldi

Smartfonda SIM kartalar uchun uchta slot bor  (microSD uchun alohida), barmoq izlari skaneri orqa panelga joylashgan.

Honor formati 8X 20+2 Mp bo‘lgan asosiy kameraga ega. Uni sun’iy intellekt ham qo‘llab quvvatlaydi hamda  16-megapikselli kamerasi selfi uchun. Honor 8X’ning batareyasi sig‘imi  3750 mAch. Gadjet EMUI 8.2 bo‘lgan Android 8.1 Oreo’da ishlaydi. Qurilma qora, qizil va moviy rangda taklif etiladi. Qolgan ma’lumotlar yaqinda bo‘ladigan taqdimotda aytiladi. 

O‘QING:Honor View 10 yangilanmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.