Honor Band 5 nimalarga qodirligini ilk rasmiy videosida ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  883
  •  20.07.2019 14:51

Honor Band 5 nimalarga qodirligini ilk rasmiy videosida ko‘rsatishdi

Xitoylik gigantga qarashli Honor brendi 23 iyul kuniga belgilangan matbuot anjumanida bir qator devayslarini taqdim etmoqchi. Ular orasida Honor Band 5 fitnes-brasleti ham bor.

O‘QING: 23 iyulda Honor 9X smartfonlari bilan birga yana nimalar taqdim etiladi?

Kompaniya ushbu «aqlli» bilaguzukning sport bilan shug‘ullanishda qanaqa yordam berishini ko‘rsatuvchi reklama videosini tarqatdi. Shuningdek, mazkur rolikda Honor Band 5 interfeysi, turli ekranlarning biridan ikkinchisiga o‘tish qanday amalga oshirilishi kabilar ham namoyish etilgan.

Garchi 23 iyulda rasman taqdim qilinadigan bo‘lsa-da, Vmall, Tmall, Suning va JD kabi onlayn savdo maydonchalarida ushbu fitnes-braslet uchun oldindan buyurtma ola boshlashgan. Lekin uning narxi hozircha sir tutilmoqda.

Mazkur gadjet bilan birga Honor 9X hamda Honor 9X Pro smartfonlari, Honor Smart Screen «aqlli» televizori, shuningdek, Honor MagicBook Pro noutbuki ham namoyish etiladi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Apple, Samsung hamda Xiaomi brendlariga mansub smart-bilaguzuk hamda «aqlli» soatlarni atigi 250 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Honor MagicBook Pro – romsiz noutbuk: taqdimot kuni, jihatlari va rasmiy videosi!