Honor kompaniyasi ham o‘zining birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etadi

Honor kompaniyasi ham o‘zining birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etadi

Bir necha oy muqaddam Honor kompaniyasi Magic X nomdagi o‘zining birinchi buklamafonini 2021 yilning to‘rtinchi choragida taqdim etishi aytilgan edi. 

Ushbu mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqqanga o‘xshaydi. Kecha kompaniya Magic V nomdagi buklanuvchi smartfon yaqin kunlar ichida taqdim etilishini e’lon qildi. 

Shuningdek, boshqa kompaniyalar singari Honor ham Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonni tez orada sotuvga chiqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Magic V buklamafoni ham aynan Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanadi. 

Hozircha qurilmaning texnik jihatlari va dizayniga oid hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: realme 9 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.