Honor kompaniyasi ikkita yangi smartfonni taqdim etdi

Honor kompaniyasi ikkita yangi smartfonni taqdim etdi

Honor kompaniyasi Xitoy bozori uchun Snapdragon 888 chipiga ega X40 GT hamda Snapdragon 480+ chipli Play 6C modellarini taqdim etdi. 

Honor X40 GT 

Ushbu model FHD+ rezolyutsiyadagi 6.81 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 144 gerts yangilanish hamda 480 gerts sensorli namuna olish chastotalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma sakkiz qoplamali grafit sovutish tizimiga ega. Bu smartfon yuzasini bir gardusgacha sovutib berishni taminlaydi. 

Gadjet biroz eski, ammo yuqori unumdorlikni taqdim etuvchi Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan. Chip 8/12GB tezkor hamda 256GB doimiy xotira bilan birlashgan. 

Orqa paneldan 50MP asosiy, 2MP makro hamda 2MP sath kameralari o‘rin olgan. Old panelda esa 16MP selfi kamera joylashgan. Honor X40 GT modeli 66 vattda quvvat oluvchi 4,800 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Magic UI 6.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Smartfon qora va oq ranglarda taqdim etildi. Shuningdek, uning poyga elementlariga ega bo‘lgan qora rangi ham bor. 

Smartfonning narxi quyidagicha:

8/256GB - 290 dollar

11/256GB - 332 dollar.

Xitoyda qurilma 18 oktyabr sanasida sotuvga chiqadi. 

Honor Play 6C

Honor Play 6C kompaniyaning eng so‘nggi byudjet sinfidagi smartfoni hisoblanadi. U HD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli displey bilan jihozlangan bo‘lib, 90 gerts chastotada ishlaydi. Displey yuqori qismidan 5MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Smartfon 6/8GB tezkor hamda 128GB doimiy xotira bilan integrallashgan Snapdragon 480+ chipiga ega. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

Orqa panelga 13MP asosiy hamda 2MP sath kamera o‘rnatilgan. Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Magic UI 5 garfik qobig‘ida ishlobchi ushbu qurilma 22.5 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Barmoq izi skaneri yon tomondagi quvvat tugmasidan o‘rin olgan. Qurilma 3.5 mm audio jek portiga ega. Smartfon qora, oq va ko‘k ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

6/128GB - 153 dollar

8/128GB - 180 dollar

Hozircha ikki modelning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo‘natishni boshlaydi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.