Honor kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Honor kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Bugun Honor kompaniyasi o‘rta toifaga mansub X40i modelini taqdim etdi. Smartfon FHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli LTPS LCD displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 60 gerts chastotada ishlaydi. 

Qurilma Dimensity 700 chipiga ega. Dizayn jihatidan smartfon juda nafis. Uning korpus qalinligi 7.43 millimetr, og‘irligi esa 175 grammni tashkil qiladi. 

Orqa panelda 50MP asosiy va 2MP sath kamera o‘rin olgan. Ikki kamera sakkiz sonining shaklini hosil qilgan modulda joylashgan. 

Dasturiy ta’minot jihatidan smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Magic UI 6.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Shuningdek, qurilmaga 40 vattda quvvat oluvchi 4,000 mAs akkumulyator o‘rnatilgan. 

Honor X40i pilishti, oq, yashil va qora ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

8/128GB - 238 dollar

12/256GB - 297 dollar

Smartfon 22 iyuldan sotuvga chiqadi. 

O‘QING: realme GT2 Explorer Master modeli taqdim etildi