Honor kompaniyasi X30 smartfonini taqdim etadi

Honor kompaniyasi X30 smartfonini taqdim etadi

Honor kompaniyasi 16 dekabr sanasida yangi X30 smartfonini taqdim etadi. Taqdimot namoyishidan oldin kompaniya Weibo'da qurilmaning tizerlarini e’lon qildi. 

Yangi smartfon yassi displeyga ega bo‘ladi. Displey yuqori qismining markazidan selfi kamera o‘rin oladi. Orqa panelida aylana shakldagi kamera moduli bo‘lib, unga uchta kamera joylashtiriladi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 6.7 dyuymli LCD dipleyi hamda Snapdragon 695 chipiga ega bo‘ladi. Kameralarning texnik jihatlari to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq suratdan smartfondagi ikkita kamera makro va portret suratlarni olish uchun mo‘ljallanganligini ko‘rish mumkin. Qolgan bitta sensor esa bu asosiy kamera vazifasini bajaradi. 

Smartfonga oid barcha ma’lumotlar 16-dekabr sanasida ma’lum bo‘ladi. Taqdimot Xitoy vaqti bilan 15:30 da boshlanadi. Taqdimotda, shuningdek, qurilmaning narxi va qachon sotuvga chiqishi haqida ham ma’lumot beriladi. 

O‘QING: Oppo noodatiy dizayndagi Oppo Air Glass aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!