Honor Magic4 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Honor Magic4 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Honor Magic4 Lite o‘z navbatida Honor X30 hamda Honor X9 5G nomiga ham ega. X9 5G o‘tgan yilning dekabr oyida Xitoy bozori uchun taqdim qilingan edi. 

Byudjet versiyadagi ushbu qurilma Magic4, Magic4 Pro va Magic4 Ultimate kabi flagmanlarga o‘xshab ketadi. Yevropada ushbu smartfon 320 yevro narxda sotilmoqda. Shunday qilib, ushbu qurilma o‘z “akalari“ singari yuqori darajadagi kameralarga ega emas. Bundan tashqari, Lite versiya Magic4 modellari orasida LCD displey bilan jihozlangan yagona model hisoblanadi. 

Foto: GSMArena

Smartfon narxiga yarasha yaxshi texnik ko‘rsatkichlarni taqdim etadi. To‘g‘ri, qurilma LCD displeyi bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin, ammo unga 6.81 dyuymli katta displey o‘rnatilgan. Shuningdek, Magic4 Lite modelidagi 4,800 mAs sig‘imli akkumulyator 66 vattda quvvat oladi. 

Honor Magic4 Lite'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 166.0x75.8x8.0mm, 189g; old shisha, orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.81 dyuymli IPS LCD, 120 gerts, 1080x2388 piksel rezolyutsiya, 19.9:9 forma faktori, 385ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM6375 Snapdragon 695 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 660 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 660 Silver); Adreno 619. 

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, Magic UI 4.2 

> Kamera: Asosiy kamera: 48MP, f/1.8, 26mm, PDAF; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16 MP, f/2.5. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4,800 mAs; 66 vatt quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC. 

Smartfon Snapdragon 695 chipida ishlaydi. Ushbu narx toifadagi qurilmalar uchun bu odatiy tanlov. Demak, unumdorlik jihatidan Magic4 Lite boshqa kompaniyalarning ushbu segmetdagi smartfonlari bilan raqobatlasha oladi. 

Foto: GSMArena

Afsuski, kamera jihatidan smartfon maqtana olmaydi. Unda hech qanday ultrakeng va telefoto kamera mavjud emas. Bu jihatdan Magic4 Lite o‘z raqobatchilaridan biroz orqada qoladi. Hech bo‘lmasa o‘rta toifadagi smartfonlarda ultrakeng kamera bo‘lar edi.

Ammo ushbu sinfdagi qurilmalarga o‘rnatiladigan ultrakeng kameraning sifati unchalik yaxshi emas. Shuning uchun Magic4 Lite'dan ushbu kameraning tushib qolgani katta muammo emas. 

Qadoq tarkibi 

Qurilma qadoq tarkibidan smartfon bilan birga USB-C kabeli, 66 vatt quvvatlash adapteri va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Sony o‘zining flagman quloqchinini taqdim etdi