Honor MagicBook Pro – romsiz noutbuk: taqdimot kuni, jihatlari va rasmiy videosi!

  •   DiMaX
  •  969
  •  16.07.2019 12:24

Honor MagicBook Pro – romsiz noutbuk: taqdimot kuni, jihatlari va rasmiy videosi!

Huawei korporatsiyasiga qarashli Honor brendi ekrani 16,1 dyuymlik MagicBook Pro noutbukini tayyorlamoqda. Kompaniya vakillariga ko‘ra, romsiz displeyli – to‘liq ekranli noutbuklarga o‘tish davri kelgan.

O‘QING: Lenovo dunyodagi ilk qayishqoq ekranli noutbuk – ThinkPad X1’ni namoyish etdi!

Mazkur gadjet displeyning foydali maydoni yuqori, ekranining atrofidagi hoshiyalari juda yupqa ekanligi hamda har qanday kontentni ko‘rishda eng yaxshi «kirishib ketish» effektini berishi ta’kidlanmoqda. Internetda xuddi shu Honor MagicBook Pro noutbukining birinchi rasmiy reklama roligi tarqaldi:

Kompaniya yangi Honor MagicBook Pro noutbukini 23 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida, Honor 9X turkumidagi smartfonlari bilan birga namoyish qilmoqchi. Gap-so‘zlarga qaraganda, uni Intel i5-8265U protsessori hamda Nvidia GeForce MX250 videokartasi bilan jihozlashgan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 2 075 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Asus, Acer, Apple, Lenovo, HP hamda Dell noutbuklarini sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!