Honor Play 5 smartfonining ba’zi jihatlari ma’lum bo‘ldi

Honor Play 5 smartfonining ba’zi jihatlari ma’lum bo‘ldi

GSMArena nashrining ishonchli insayder Digital Chat Station'ga tayanib xabar berishicha, Honor Play 5 smartfoni Dimensity 800U chipida ishlab, 6.53" FullHD+ OLED paneliga ega bo‘ladi.

GSMArena sizdirgan eksklyuziv renderdan ko‘rinadiki, smartfonning orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud emas, skaner ekran ostida joylashgan bo‘lishi kerak.

Foto: GSMArena

Qurilmaning 64MP asosiy kamerasiga 8MP (ultrakeng kamera bo‘lishi kerak) va ikkita 2MP (sath va makro kameralari bo‘lishi kerak) kameralari sherik qilinishi aytilmoqda. Smartfon 7.46 mm qalinlikka ega bo‘lib, 179 g tosh bosadi. Akkumulyator sig‘imi esa 3,800 mAs.

Tez orada smartfonning boshqa jihatlari ham ma’lum bo‘lishini kutib qolamiz.

O‘QING: Unisoc chipi va ikkita kameraga ega Honor Play 20 smartfoni taqdim qilindi