Honor Play 9A TENAA'da

Honor Play 9A TENAA'da

Honor Play 9A smartfoni haqida anchayin ma’lumot sizidirildi. Endi uni besh qo‘lday bilamiz. Devaysning TENAA listingida paydo bo‘lgani bu ma’lumotlarni to‘ldirib, taqdimot yaqinligiga ishora qilmoqda.TENAA'da ko‘rsatilishicha, qurilmaning MED-AL20 va MOA-AL20 modellarining har ikkisida ham 4 900 mA/soatli akkumulyator bo‘ladi. Ammo avvalroq tarqatilgan xabarlarda bu ko‘rsatkich 5 000 mA/soat deb e’lon qilingan edi. Ammo bu unchalik muammoli vaziyat emas.Smartfon hajmi 159.07 x 74.06 x 9.04 mm bo‘lib, FullHD+ ekranga tomchi selfi kamera o‘rnatiladi.

Boshqa jihatlarga kelsak, Honor Play 9A MediaTek Helio P35 chipida ishlaydi, 4GB operativ va 64/128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.Asosiy kameraning 13MP bo‘lishini, unga 2MP sath kamerasi juft qilinganini kutish mumkin. Shuningdek, orqa penalga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, 10 vattda quvvatlanish, Android 10, Magic UI 3.0, yashil/ko‘k/qora korpuslar ham ushbu gadjetga tegishli jihatlardan. Hozircha narx borasida hech qanday ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Huawei P40 va P40 Pro'larning texnik jihatlari bilan tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!