Honor Play5 Youth smartfoni taqdim etildi

Honor Play5 Youth smartfoni taqdim etildi

Shu yilning may oyida Honor kompaniyasi Play5 5G smartfonini taqdim etgan edi. Endi kompaniya Play5 Youth bilan Play seriyasini kengaytirdi. 

O‘QING: Yangi Honor 50 smartfoni Google servislariga ega bo‘ladi 

Smartfon Dimensity 900 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, Android 11'ga asoslangan Magic UI 4.2 tizimida ishlaydi. Qurilma 8GB tezkor xotiraga ega bo‘lib, uni 2GB virtual xotira bilan kengaytirish mumkin. Play5 Youth'ning 128GB hamda 256GB doimiy xotiraga ega turi mavjud. 

Smartfon 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.67 dyuymli FullHD+ rezolyutsiyadagi displey bilan jihozlangan. Displeyning yuqori chap burchagida esa 16 megapikselli selfi kamera joylashgan. 

Orqa panel yuqorisining markazida kamera moduli joylashgan. Unda 64MP asosiy kamera, 2MP sath kamera hamda LED chirog‘i bo‘ladi. To‘rtinchi aylana esa shunchaki dizayn elementi xolos. 

Qurilmaning barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan. Shuningdek, devays 5G tarmog‘i hamda 3.5mm audio jekka ega. 

Smartfon 4,300.mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 66 vattda quvvatlash mumkin l. Honor'ning aytishicha, 50% quvvat olish uchun qurilma 15 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Honor Play5 Youth qora va ko‘k ranglarda sotiladi. Qurilmaning 8/128GB xotira hajmiga ega bo‘lgan versiyasi 280 dollar, 8/256GB versiyasi esa 315 dollarni tashkil qiladi. Xitoy xududida smartfonga oldindan buyurtma berish boshlangan. Smartfon 1-noyabr sanasidan savdo rastalarida sotilishni boshlaydi. 

O‘QING: Endigina Huawei'dan ajralib chiqqan Honor kompaniyasiga AQSh xavfsizlik agentlari taqiq qo‘ymoqchi  

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!