Honor V30 Pro flagmani taqdimotdan avval AnTuTu’da hayratga soldi!

  •   DiMaX
  •  1413
  •  23.11.2019 15:08

Honor V30 Pro flagmani taqdimotdan avval AnTuTu’da hayratga soldi!

Huawei kompaniyasi avvalroq Mate 30 Pro turkumidagi flagman smartonlarini bozorga chiqargan edi. Endi esa uning subbrendi Honor V30 hamda V30 Pro rusumli qurilmalarini tayyorlamoqda.

O‘QING: Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

AnTuTu benchmarkining ma’lumotlar bazasida Honor OXF-AN10 nomli smartfonning test natijalari paydo bo‘ldi. Bu – hali rasman ko‘rsatilmagan Honor V30 Pro flagmani bo‘lib, Kirin 990 5G protsessori evaziga yuqori ball olishga erishgan:

Tekshirib ko‘rilgan smartfon 8 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega. Android 10 tizimli bu devaysning displey aniqligi 2400x1080 piksellik.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

To‘g‘ri, Honor V30 Pro to‘plagan 476 480 ballni rekord deb bo‘lmaydi, lekin bu baribir zo‘r natija. Mazkur devays samaradorligiga ko‘ra Huawei Mate 30 Pro flagmaniga teng:

Honor V30 Pro taqdimot vaqti va texnik xususiyatlari hozircha aniq emas. Global bozorga chiqarilgan aksariyat Huawei smartfonlarini esa 1 045 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Myunxendagi maxfiy uchrashuv: Huawei nega xakerlarning har biriga 200 000 yevrogacha va’da qildi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.