Honor V40 Lite smartfoni hamda Honor Tab 7 plansheti namoyish etildi

Honor V40 Lite smartfoni hamda Honor Tab 7 plansheti namoyish etildi

Huawei'dan ajralib chiqqan Honor kompaniyasi ikkita yangi: Honor V40 Lite va Honor Tab 7 qurilmalarini taqdim etdi. Honor V40 Lite smartfoni Huawei nova 8 5G smartfonining yangilangan modeli bo‘lib, Huawei nova 8 5G'dan farqli ravishda, unga Mediatek Dimensity 800U chipi o‘rnatilgan.

O‘QING: Huawei’dan ajralib chiqqan Honor’ning ilk flagmani taqdimotdan keyinoq sotib tugatildi!

Honor V40 Lite

Honor V40 lineykasining eng so‘nggi a’zosi qayrilgan 6.57 dyuym FHD+ rezolyusiyadagi OLED displeyiga ega bo‘lib, uning yangilanish chastotasi 90Hz'ni tashkil qiladi. Displey yuqori qismi markazida 32MP selfi kamera joylashgan. Shuningdek, barmoq izi skaneri ekran ostidan o‘rin olgan.

Orqa panelda 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 2MP makro hamda 2MP sath kamerasi joylashgan. Qurilmaning 8/128GB va 8/256GB xotira sig‘imli turlari mavjud.

Honor V40 Lite Android 10'ga asoslangan Magic UI 4.0 qobig‘ida ishlaydi. Qurilma akkumulyator sig‘imi 3,800 mAs tashkil qilib, 66 vattda quvvat oladi. Quvvatlash adapteri smartfon qutisidan o‘rin olgan.

Honor V40 Lite uch xil - qora, gradiyent va yashil ranglarda sotuvga chiqariladi. Devaysning 8/128GB versiyasi 460 dollar bo‘lsa, 8/256GB versiyasi 506 dollarni tashkil qiladi. Qurilma birinchi bo‘lib 26-martda Xitoy bozorlarida sotila boshlaydi.

Honor Tab 7

Ushbu planshet byudjet sinfiga mansub bo‘lib, unga 10.1 dyuym FHD+ rezolyusiyadagi IPS LCD displeyi o‘rnatilingan. Tab 7 stereo karnay hamda 5MP selfi kameraga ega. Shuningdek, qurilma Helio P22T chipi bilan jihozlangan. Honor Tab 7'ning 4/64GB va 4/128GB xotira sig‘imli turlari mavjud. Xotirani microSD bilan kengaytirish imkoniyati ham yaratilgan.

Qurilmaning orqa panelida 2MPlik kamera joylashgan. Planshet Android 10'ga asoslangan Magic UI qobig‘ida ishlaydi.

Honor Tab 7 planshetining 4/64GB versiyasi 215 dollar, 4/128GB versiyasi esa 254 dollarni tashkil qiladi. Mobil tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi 4/128GB xotira versiyasini 292 dollar narxda sotish rejalashtirilgan.

O‘QING: Honor V40 namoyishidan avval «jonli» videolari chiqdi (+narxi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!