Honor V40 namoyishidan avval «jonli» videolari chiqdi (+narxi)

  •   DiMaX
  •  1303
  •  18.01.2021 14:22

Honor V40 namoyishidan avval «jonli» videolari chiqdi (+narxi)

Huawei korporatsiyasi yaqinda o‘zining Honor subbrendini alohida kompaniya qilib ajratib chiqargan edi. Ushbu yangi kompaniya endi o‘zining Honor V40 rusumli ilk smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

Honor V40 modelining rasmiy namoyishi 22 yanvarga belgilangan va uning uch xil – Titanium Silver, Magic Night Black hamda Rose Gold tusli korpuslarda chiqishini aytishmoqda. Insayderlar allaqachon uning «jonli» videolarini Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatishga ham ulgurishgan.

Demak, xitoyliklar ushbu smartfonning to‘rt modulli bosh kamerasini o‘zgacha dizaynda tayyorlashibdi; undagi asosiy datchikning aniqligi 50 megapiksellik ekanligini ham tasdiqlashgan.

Yangi flagman chetlari qayrilma displey bilan jihozlangan bo‘lib, unda qo‘shaloq selfi-kamera uchun tirqish ochilgan. So‘nggi trendlarga mos holda, Honor V40 daktiloskopi ekranga integratsiya qilingan.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Honor V40 o‘lchami diagonaliga 6.72 dyuymlik, yangilanish chastotasi 120 gerslik AMOLED-ekranga ega. Kompaniya uni MediaTek Dimensity 1000+ protsessori bazasida tayyorlab, 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlagan.

Mazkur flagman simli usulda 66 vattlik, simsiz usulda esa 50 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Xaridorlarga bu smartfonni 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taklif etishadi. Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi 615 AQSh dollaridan boshlanadi.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.