Honor X40 smartfoni taqdim etildi

Honor X40 smartfoni taqdim etildi

Kecha Honor kompaniyasi o‘zining X40 modelini Xitoyda taqdim etdi. Smartfonga oldindan buyurtma berish boshlanlb yuborilgan, uning narxi 214 dollardan boshlanadi. 

Qurilma 120 gerts chastotada ishlovchi 1080x2400 rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displeyining maksimal yorqinlik darajasi 800 nit, sensorli namuna olish chastotasi esa 300 gertsni tashkil qiladi. Smartfon Snapdragon 695 chipida ishlaydi. Unga 40 vattda quvvat oluvchi 5,100 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri ekran ostidan o‘rin olgan. 

Orqa paneldan f/1.8 diafragmadagi 50MP asosiy hamda 2MP qo‘shimcha kamera o‘rin olgan. Orqa paneldagi katta doirasimon kamera modulida LED chirog‘i ham bor. Doira o‘rtasidagi bo‘sh joyda “MATRIX AI VISION CAMERA“ yozuvini ko‘rish mumkin. Old tomonda f/2.0 diafragmadagi 8MP selfi kamera joylashgan. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Magic UI 6.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB hamda 12/256GB xotira ega turlari mavjud. Smartfonning o‘lchamlari 161.6 x 73.9 x 7.9 mm, og‘irligi esa 172 grammni tashkil qiladi. 

Hozircha Honor X40 modelining xalqaro bozorga sotuvga chiqishi noma’lum. 

O‘QING: Yana boshlandi: Nothing yangi mahsulot taqdim qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.