Honor yangi buklamafon taqdim etishi kutilmoqda

Honor yangi buklamafon taqdim etishi kutilmoqda

Honor buklanuvchi smartfon ustida ishlamoqda. Weibo sayti esa qurilma haqida ayrim xabarlarni oshkor qildi. Digital Chat Station'ga ko‘ra,Honor buklamafonining asosiy displeyi 8 dyuym, ikkinchi displey esa 6.5 dyuymni tashkil qiladi.

O‘QING: Honor ham, Xiaomi ham «damini olaversin» – Snapdragon 895 chipli ilk smartfonni boshqasi chiqarmoqchi!

Manba, shuningdek, panel Xitoyning eng yirik displey ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan BOE kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishini ma’lum qildi.  Ilgari Huawei bilan ishlagan kompaniya hozirda nozik ekranni himoya qilish uchun ultra yupqa egiluvchan shisha ishlab chiqarish ustida ishlamoqda.

Hammaga ma’lumki, Honor endi mustaqil brend bo‘lib, uning Huawei bilan aloqalari nazariy jihatdan uzilgan. Ammo amalda hali ham smartfonlar o‘rtasida o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin. Honor taqdim etmoqchi bo‘lgan buklamafon Huawei Mate X va Mate Xs'ga juda o‘xshash.

Honor buklamafonining tashqi dizayni va o‘lchamlari Huawei tomonidan taqdim etilgan buklamafonlar bilan deyarli bir xil. Honor Huawei'ning dizayn namunalaridan olyaptimi yoki o‘zi biror yangilik ustida ishlamoqdami, voqealar rivojini kuzatib boramiz.

O‘QING: 120Hz displey, 108MP kamera hamda Google xizmatlariga ega Honor 50 seriyasi taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!