Honor'ning yangi buklamafoni rasmiy tizerlarda ko'rsatildi

Honor'ning yangi buklamafoni rasmiy tizerlarda ko'rsatildi

Honor kompaniyasi keyingi haftada o'zining yangi mahsulotlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda va ular qatorida Magic Vs buklamafoni taqimotning asosiy qahramoni bo'ladi. Kompaniya bo'lajak qurilmani rasmiy suratlarda namoyish qildi.

Magic Vs buklamafoni Honor'ning ikkinchi buklamafoni bo'lib, u hozirgisining dizayniga asoslangan, biroq u bu safar chiroyli oltin rangli ko'rinishga ega. Ikkinchi suratda aktrisaning stilus ushlab turganligini ko'rishingiz mumkin. Ehtimol, Bu kompaniya o'z qurilmalari uchun ilk stilusini ham taqdim qilishini anglatadi.

O'tgan yili taqdim qilingan Magic V Xitoydan tashqariga chiqmagan edi. Bu safargi buklamafon ham Xitoy uchun eksklyuziv bo'lib qoladimi yoki yo'q, bunisi hozircha noma'lum.

O'QING: Honor'ning yangi smartfoni iPhone 14 Pro dizaynidagi selfi kamera tirqishiga ega bo'ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!