HP Envy Curved AIO 34 monobloki Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydi

HP Envy Curved AIO 34 monobloki Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydi

HP kompaniyasi 2015 yilda Envy Curved All-In-One monoblok kompyuterini taqdim qilgan edi. Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib firma Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydigan mazkur monoblokning ikkinchi avlodini omma e’tiboriga havola qildi.

HP Envy Curved AIO 34 monobloki tashqi tomondan kompyuterdan ko‘ra televizorga o‘xshab ketadi. Model podstavkasi ovoz karnayi vazifasini bajaradi, unga 4 ta Bang & Olufsen dinamiklari sozlangan.

Monoblok 16 Gb operativ xotira, 1 TB doimiy xotira va AMD Radeon RX 460   (4 GBli) videokarta bilan jihozlangan. Gigabit Ethernet, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth  4 interfeyslari, HDMI, to‘rtta USB 3.0 porti va bitta USB 3.1 Type C slotiga ega. Unga 34 dyuymli aniqligi 3440 x 1440 piksel bo‘lgan qayirma ekran o‘rnatilgan.

Monoblok fevral oyida AQShda sotuvga chiqadi. Narxi 1730 dollar.

Manba: IXBT

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!