HP Spectre x2: yaxshi planshet kerak bo‘lsa, ikkilanmang!

HP Spectre x2: yaxshi planshet kerak bo‘lsa, ikkilanmang!

Joriy yilning may oyida Microsoft kompaniyasi Surface Pro planshetini taqdim qilgan edi. 2015 yilda ilk marotaba taqdim qilingan va 2017 yilda yangilangan Spectre x2 HP plansheti o‘ziga xos dizayni bilan diqqatga sazovor. Spectre x2 Windows 10 boshqaruvida tezkor ishlaydi va bir vaqtning o‘zida bir necha funksiyalarni qiynalmay ado etadi.




Dizayn va klaviatura

Alyuminiy metallidan tayyorlangan HP Spectre x2 plansheti klaviatura bilan birga 1.2 kg tosh bosadi, korpus qalinligi klaviaturasi bilan birga 13.2 mm.

HP qadoqda planshet bilan birga klaviaturani ham qo‘shib beradi. Uning uchun alohida pul to‘lanmaydi. Planshetning yuqori talqinida klaviatura alyuminiydan ishlangan.

Klaviatura ostki yoritish tizimiga ega hamda klavishlar oralig‘i 1.5 mm.ni tashkil qiladi, tachpad maydonchasi ham keng va qulay.

Spectre x2’ning klaviaturasi silliq, foydalanishga va tozalashga ham oson. Bu chinakam laptopning klaviaturasini eslatadi. HP bu gadjetida ilg‘or U-shaklidagi metall sharnirdan foydalangan. U 165 darajada bukiladi.

Spectre x2'ning stilus ruchkasi, sensor displeyi, qulay jihatlari Windows 10 operatsion tizimiga xos funksiyalardan samarali foydalanishga imkon beradi. Undan planshet yoki laptop rejimida, biznes, ishda yoki hordiq chiqarish maqsadlarida foydalanish mumkin.


Spectre x2'ning korpusida USB-C porti, 1ta 3.5 mm.li audio tuynuk, microSD bo‘lmasi mavjud.

 

Ichki platformasi

Windows to‘laqonli ishlashi uchun gadjetning ichki apparat ta’minoti mustahkam bo‘lishi kerak. Jumladan, HP Spectre x2 devaysining eng yuqori talqini 7-avlod Intel Core i7 protsessoriga ega. Uning chastota tezligi 2.4 Ggs.ga teng. Unga 8 gigabaytli tezkor (LPDDR3) va 360 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, planshet Intel Graphics HD 515 video-kartasiga ega. Laptopning Intel Core M protsessorlariga ega talqini samarali ishlashda Core i5 protsessorlaridan qolishmaydi.

Planshet Windows Hello kamera tizimi va Intel Iris Pro graphics kabi tizimga kirishdan avval biometrik tekshiruvlardan o‘tkazuvchi funksiyalarga ega.


Boshqa sezgir ekranlar kabi, bu planshetda ham yorqin displeydan foydalanilgan. Spectre x2 diagonali 12.3 dyuymli, atrofi rom bilan o‘ralgan ekranga ega. Ekran sig‘imi 3000 x 2000 pikselga teng, ya’ni har bir dyuymda 293 ta belgi mavjud. Xuddi shunday ekranli Surface Pro esa 2736 x 1824 pikselli. x2’ning Adobe RGB rangli gammasining qamrovi bir oz past -- 72% ni tashkil qiladi.

 

Akkumulyator


Spectre x2 akkumulyatori to‘liq quvvat bilan 8 soatgacha ishlaydi. Misol uchun, uning raqibi bo‘lgan Surface Pro 4 akkumulyatori to‘liq quvvat bilan 13 soatgacha ishlaydi. MacBook gadjetlarida esa bu ko‘rsatkich 7 soat va 5 minutni tashkil qiladi.

 

O‘ziga xosliklari

Planshetda 5 megapikselli HP TrueVision HD old kamerasi, 8 megapikselli bosh kamera, Intel RealSense 3D R200 modelidagi yordamchi kamerasi o‘rnatilgan.

HP joriy qilgan yana bir muhim jihat -- Spectre x2 2 ta emas, 4 ta tashqi karnaylarga ega. Ulardan 2 tasi klaviaturadan joy olgan. Qo‘shimcha 2 ta karnay tashqi ovozni kuchaytiradi.


HP Spectre x2 aloqaning Intel 802.11ac (2×2), Bluetooth 4.0, LTE tarmoqlarida ishlaydi.

 

Narx-navo

Shuncha ilg‘or jihatlarga qaramasdan, jahonning eng ilg‘or planshetlari bilan kurasha oladigan raqiblariga qaraganda arzon. 

HP Spectre x2'ning eng arzoni 799$ dollardan 999 AQSh dollarigacha sotiladi. Planshetning bu talqini 900 MGs.da ishlaydigan Intel Core M3-6Y30 protsessori, 4 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega. Bu narx o‘z ichiga bepul klaviaturani ham oladi. Uning raqibi bo‘lgan Surface Pro 4 deyarli 1000 dollarga baholangan. To‘g‘ri, Surface Pro 4 samaradorlikda bu planshetdan kuchliroq.

Shuningdek, planshet imkoniyatlarini yanada oshiruvchi HP Active Pen uchun 49$ dollar to‘lash kerak bo‘ladi. 

HP Spectre x2'ning o‘rtacha jihatlarga ega versiyasi 1,1 GGs chastota tezligiga ega Intel Core M5-6Y54 protsessori, 8 Gb operativ hamda 128 Gb doimiy xotiraga ega. Bu talqin 1.149$ dollardan sotilmoqda.


Eski Intel Core M (1,1 GGs) prouyessoriga, 8 Gb  tezkor va 256 Gb doimiy xotiraga ega MacBook esa 1.299$ dollardan sotilmoqda.




Xulosa

Spectre x2 plansheti Core i protsessori, qulay va tekin klaviaturasi bilan, Shuningdek, planshet 4 ta karnayi bilan u Windows planshetlari orasida yagona. Qolaversa, HP kompaniyasining gibrid planshetida RealSense qo‘shimcha kamerasining tatbiq qilingani ayni muddao. Hozircha, bu kamera bir nechta ilova hamda o‘yinlar uchun kerak bo‘lsa ham, keyinchalik imkoniyatlari kengayadi.


Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.