HP Sprocket foto-printeri smartfondan olingan rasmlarni bir zumda chop etadi

HP Sprocket foto-printeri smartfondan olingan rasmlarni bir zumda chop etadi

Sir emas, bugungi kunda raqamli tasvirlar juda keng ommalashgan. Biroq qog‘ozda chop etilgan suratlar ham hali o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, HP kompaniyasi HP Sprocket nomli ixcham, qulay foto-printerni namoyish qildi. Mitti-printer shu darajada ixchamki, uni cho‘ntakda olib yurish mumkin. Eng qizig‘i, foto-printer tonerini ham almashtirish, profilaktika qilish ham talab etilmaydi.

-2336776

Mitti printer siyoh qog‘ozni o‘zida saqlanadigan ZINK Zero Ink texnologiyasidan foydalanib, rasmlarni chop etadi. Printerdan chiqarilgan rasm qog‘ozining orqa tarafidagi plyonka olib tashlangach, suratni istalgan joyga stiker qilib yopishtirish mumkin.

Foto-printer bilan mobil qurilma (noutbuk, planshet, telefon) Bluetooth orqali bir-biriga ulanadi. HP Sprocket ilovasi orqali rasmlarni chop etishdan oldin ularni tahrirlash ham mumkin. Rasmlar printerdan 2 X 3 formatda chiqariladi.

HP Sprocket 130 dollar narxida sotuvga chiqarilgan. ZINK fotoqog‘ozini (to‘plamda 10 dona) alohida, 10 dollar evaziga sotib olish mumkin.