HTC bira to‘la ikkita smartfonini namoyish qildi!

HTC bira to‘la ikkita smartfonini namoyish qildi!

Avvalroq, kompaniya yangi smartfonini ko‘rsatishi va bu qurilma HTC U19e nomini olishini aytib o‘tgandik. Tahminlar o‘zini oqladi va bundan tashqari yana bir kutilmagan hamyonbop smartfon - HTC Desire 19+ ham taqdim qilindi.

HTC U19e smartfoni 1080 x 2160 piksel aniqligidagi 6 dyumli IPS-displey, SD 710 protsessoriga, 6 GB tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Batareya sig‘imi 3930 mA/soatni tashkil qiladi.

HTC U19e

HTC Desire 19+ esa MediaTek Helio P35 protsessori asosida yaratilgan. Unga 720 x 1520 piksel aniqlikdagi 6,2 dyumli ekran, 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga o‘rnatilgan. Batareya sig‘imi 3850 mA/soatlik.

Desire 19+

HTC U19e orqa panelidan 12 Mp (F/1,8 diafragmali) va 20 Mp (F/2.6 diafragmali) aniqlikda suratga oluvchi datchiklar juftligidan tashkil topgan asosiy kamera hamda an’anaviy barmoq izi skaneri joy olgan. Old panelga esa so‘zlashuv dinamigi, 24 megapiksellik selfi-kamera, shuningdek ko‘z pardasini skanerlash uchun 2 megapiksellik modul o‘rnatilgan.

HTC U19e'dan farqli ravishda Desire 19+'da asosiy kamera 13, 8, 5 megapiksellik uchta moduldan tashkil topgan. 16 megapiksellik old kamera tomchisimon kemtikda joylashgan. Daktiloskop datchik orqa paneldan joy olgan.

HTC Desire 19+ характеристики цены

HTC U19e modelini bugundan boshlab binafsha va zangori rangli talqinda 420 yevrodan sotib olish mumkin. HTC Desire 19+ esa iyul oyining ilk kunlaridan xotira hajmiga qarab 280 va 310 yevrodan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Nihoyat, bo‘lg‘usi bestseller – Galaxy M40 taqdim etildi: «gapiruvchi» ekran va uch modulli kamera!