HTC’da ahvol yomon: 15 yil davomida eng past ko‘rsatkich qayd etildi

  •   Saroy
  •  455
  •  08.10.2018 15:22

HTC’da ahvol yomon: 15 yil davomida eng past ko‘rsatkich qayd etildi

HTC kompaniyasi o‘zining har oygi natijalari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib bormoqda. Ko‘rsatkichlar esa oydan oyga yomonlashib bormoqda. Afsuski sentyabr oyi ham bundan mustasno bo‘lmadi.

O‘tgan oyda kompaniyaning tushimi 40,64 million (1,256 milliard tayvan dollari) AQSh dollarini tashkil etdi va bu 15 yil davomidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.  2002 yildan, ya’ni HTC birjaga chiqqandan buyon, bunday oz tushim faqat bir marta kuzatilgandi, u ham bo‘lsa 2003 yil may oyida.

Eng yaxshi natija esa 2011 yil sentyabr oyida bo‘lgan (45,388 milliard tayvan dollari). Shundan buyon savdo 36 barobarga tushib ketgan!

O‘QING:HTC smartfon ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi

Bir yilda savdoning qisqarishi 80,71 foizni tashkil etgan va bu kompaniya faoliyatidagi eng past rekord hisoblanadi.

Hisobotda ko‘rsatilishicha,  kompaniyaning eng katta zarar bilan ishlayotgan  yo‘nalishi smartfon ishlab chiqarishda qayd etilmoqda, lekin virtual reallik yo‘nalishida ham ahvol yaxshi emas.  Moliyaviy ahvolni yaxshilash uchun hatto, kompaniya bir yo‘la  bir yarim ming nafar xodimini ishdan bo‘shatib yubordi. Ammo bunday qadam ham ahvolni to‘g‘rilashi keyin, chunki pasayish qatorasiga bir necha yildan buyon davom etib kelmoqda.

O‘QING:HTC jon beryapti: savdo 68 foizga tushib ketdi