HTC’da inqiroz: kompaniya 15 yillik faoliyati davomida eng og‘ir vaziyatga duch keldi

  •   Saroy
  •  949
  •  09.08.2018 14:43

HTC’da inqiroz: kompaniya 15 yillik faoliyati davomida eng og‘ir vaziyatga duch keldi

Shu kunlarda tayvanlik smartfon ishlab chiqaruvchi korxona  HTC og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda. Masalan, iyun oyida kompaniyaning smartfonlar savdosi 68 foizga tushib ketgandi. Avgustga kelib esa, ahvol bundanda yomonlashdi, ya’ni kompaniyaning  15 yillik hayoti davomida eng past ko‘rsatkich qayd etildi.

V iyul oyida HTC tushumi 45,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davridagi tushumdan 77 foizga kam bo‘ldi. Iyun oyida esa 72 million dollarlik smartfon sotilgan, may oyida bu ko‘rsatkich  80 mln dollarga yetgan edi. 2018 yilning birinchi yarmi bo‘yicha  HTC’ning smartfonlar savdosidan tushgan tushum 555 mln dollarni tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 54 foizga kam natijadir.

O‘QING:Samsung chetga chiqib turishi kerak: Huawei dunyo bozorida birinchi bo‘lmoqchi

Ta’kidlash joizki,  2018 yilda HTC faqat bitta smartfon chiqardi. U ham bo‘lsa HTC U12 Plus flagmani. Shu bilan birga, iyun oxiriga kelib  tarmoqlarda HTC ish joylarini qisqartirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, shtatlarning qariyb, chorak qismi yoki 1,5 ming kishi ishdan  bo‘shatilishi haqida ma’lum qilindi.

O‘QING:HTC jon beryapti: savdo 68 foizga tushib ketdi