HTC ham Android 9 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  673
  •  14.08.2018 13:54

HTC ham Android 9 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

Google kompaniyasi joriy oyning boshida o‘zining Android operatsion tizimi 9.0 Pie talqinini yakuniy shaklda taqdim etgandi. Shundan beri bir nechta smartfonsozlar o‘zlarining ayrim qurilmalari uchun unga asoslangan proshivkalarni chiqarib kelishmoqda.

O‘QING: Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

HTC kompaniyasi ham Android 9.0 Pie talqinidagi operatsion tizimigacha yangilanishi aniq bo‘lgan o‘z smartfonlarini ma’lum qildi. Ammo bu modellarga yangi proshivka qachon joriy etilishi haqidagi ma’lumotni u keyinroq bermoqchi.

Xullas, to‘qqizinchi talqindagi – «pirogli» Android bazasidagi proshivka quyidagi smartfonlarga tarqatiladi:

  1. HTC U12+;
  2. HTC U11+;
  3. HTC U11;
  4. HTC U11 life (Android One platformasi).

Aytish kerakki, kompaniyaning ommabop HTC 10 modeli dastlab Android 6.0 Marshmallow talqinida ishlagan va Android 8 Oreo’gacha yangilangan edi. Android 9.0 Pie talqinidagi proshivka uning uchun taqdim etilmaydigan ko‘rinadi.

O‘QING: Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!