HTC hisoboti: natijalar achinarli

HTC hisoboti: natijalar achinarli

HTC kompaniyasi 2015 yilning 3-kvartali bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni e’lon qildi. Undagi ma’lumotlar achinarli holda. Tayvan kompaniyasi ko‘rgan zarar 138 mln dollar bo‘lsa, daromad ikki barobarga kamroq. iPhone 6s raqobatchi sifatida ishlangan HTC One A9 smartfoni ham vaziyatdan chiqib ketishga yordam bera olmadi.

HTC kompaniyasining 2015 yilning iyul oyidan sentyabrigacha bo‘lgan sof daromadi 657 mln. dollarni tashkil etdi. Vaholanki, o‘tgan yili huddi shu ko‘rsatkich 1,3 mlrd. dollarga teng edi. Har holda avvalgi yilda ko‘p bo‘lmasa-da, sof daromad bor edi. Oqibatda kompaniya aktivlari 5,1 dan 4,2 mlrd.dollarga qisqardi.

NTS kompaniyasi rahbariyati moliyaviy hisobotlarni ma’lum qilmaslik haqida qaror qabul qildi. Taxlilchilar fikricha, bunday maxfiylik kompaniya imidji va savdolarga yaxshi ta’sir etadi.

NTS kompaniyasining moliyaviy direktori Chan Chialin (Chang Chialin)ning fikricha, tashkilot avval turli tadqiqotlar, iqtisodiy bashoratlar va moliyaviy hisobotlarni jamoatchilik ma’lum qilib kelgan. Axvol salbiy tomonga qarab ketayotgani uchun endi ma’lumotlarni “ulashish” shart emas, degan qarorga kelindi.

Kompaniya mutaxassislari uchinchi kvartaldagi zarar 5,51-5,85 tayvan dollari atrofida, sof daromad esa 19-22 mlrd. tayvan dollari (0,58-0,68 mlrd. AQSh dollari) miqdorida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan edi.

Tang vaziyatdan chiqish uchun kompaniya butun dunyo bo‘ylab ishchilari sonini 15% foizga qisqartirishga qaror qildi va 2300 nafar mutaxassisni ishdan bo‘shatdi. Biroq bu ham kompaniyaga kutilgan yordamni bera olmadi.

Daiwa Capital Markets taxlilchisi Kayli Xuang (Kylie Huang)ning fikricha, ayni paytda NTS`ning ahvoli Hon Hai elektronika maxsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyanikidan ham yomonroq.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!