HTC jon beryapti: savdo 68 foizga tushib ketdi

  •   Saroy
  •  1166
  •  07.07.2018 16:43

HTC jon beryapti: savdo 68 foizga tushib ketdi

Tayvanning smartfon ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniyasi  HTC hozirda qiyin damlarni boshdan kechirmoqda. Iyun oyida kompaniyaning smartfonlar savdosi  68 foizga tushib ketdi.

Bu, kompaniya faoliyatining so‘nggi ikki yilida yuz bergan eng keskin pasayish bo‘ldi.  Boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan kuchli raqobat sharoitida HTC’ning xaridorlari yildan-yilga kamayib bormoqda.

Iyun oyida savdo tushimi 72 million dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 226 million dollarni tashkil etgan edi. May oyida ham jami  80 million dollarlik savdo bo‘lgan ekan.

O‘QING:Ushbu beshovlon smartfon brendlari yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin​

Trendforce kompaniyasi tahlilchilarining fikricha,  flagman smartfon sotuvi joriy yilda kutilganidan past bo‘ladi, bu bozorning bir qismini yo‘qotish deganidir.  HTC o‘rta va quyi toifadagi smartfonlarining yangi tavsiflari  husida hech qanday yangiliklarni aytmayapti. Ularning ishlash ko‘rsatkichlari va narx uyg‘unligi ham mos emas.

O‘tgan hafta HTC kompaniyasi rahbariyati  xodimlarning chorak qismini ishdan bo‘shatayotgani haqida e’lon qilgan edi. Bu qariyb, 1,5 ming kishi deganidir.

O‘QING:Rasmiy: yangi avlod Nokia 6 smartfoni taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!