HTC jon beryapti: savdo 68 foizga tushib ketdi
Tayvanning smartfon ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniyasi HTC hozirda qiyin damlarni boshdan kechirmoqda. Iyun oyida kompaniyaning smartfonlar savdosi 68 foizga tushib ketdi.
Bu, kompaniya faoliyatining so‘nggi ikki yilida yuz bergan eng keskin pasayish bo‘ldi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan kuchli raqobat sharoitida HTC’ning xaridorlari yildan-yilga kamayib bormoqda.
Iyun oyida savdo tushimi 72 million dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 226 million dollarni tashkil etgan edi. May oyida ham jami 80 million dollarlik savdo bo‘lgan ekan.
O‘QING:Ushbu beshovlon smartfon brendlari yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin
Trendforce kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, flagman smartfon sotuvi joriy yilda kutilganidan past bo‘ladi, bu bozorning bir qismini yo‘qotish deganidir. HTC o‘rta va quyi toifadagi smartfonlarining yangi tavsiflari husida hech qanday yangiliklarni aytmayapti. Ularning ishlash ko‘rsatkichlari va narx uyg‘unligi ham mos emas.
O‘tgan hafta HTC kompaniyasi rahbariyati xodimlarning chorak qismini ishdan bo‘shatayotgani haqida e’lon qilgan edi. Bu qariyb, 1,5 ming kishi deganidir.