HTC One M9+: qo‘sh kamera va sifatli ekranga ega navbatdagi flagmen

HTC One M9+: qo‘sh kamera va sifatli ekranga ega navbatdagi flagmen

HTC kompaniyasi One M9+ smartfonini taqdim etdi. Joriy yilda ishlab chiqarilgan One M9 bilan solishtirganda, aytarlik jiddiy o‘zgarish yo‘q. Yiriklashgan ekran va ilk bor Quad HD tasvir, qo‘sh kamera va barmoq skaneri alohida e’tiborga loyiq jihati.

Dizayn, qulaylik

HTC kompaniyasida deyarli dizaynerlar yo‘q. Agar One M7 o‘z vaqtida eng ko‘rkam smartfonlardan biri sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, keyingi One M8 ning tashqi ko‘rinishi va metall korpusi ham o‘ziga xos edi. 2015 yilda taqdim etilgan One M9 smartfoni avvalgi avlodlarini takrorlagan.

Metall – bu albatta yaxshi, biroq qatorasiga uchinchi avlodda ham bir xil dizaynning takrorlanishi hech kimni hayratlantirmaydi.

HTC One M9+ smartfoni M9 dan, bir oz kattaligini hisobga olmaganda, deyarli farqi yo‘q. Metall korpus qayta ishlangan va jilo berilgan.

Biroq dizayn borasidagi qusurlar to‘g‘rilanmagan: qalin ramkalar, korpus qalinligi 2015 yil standartlariga mos emas.

Yagona farqi – ekran ostidagi barmoq skaneri va asosiy kamera ostidagi ikkinchi kamera.

Ekran

Nihoyat ekran borasida kompaniya yangilikka qo‘l urdi. Ya’ni qurilma Quad HD bilan ta’minlandi. One M7, M8, M9 smartfonlari va bu yil taqdim etilgan shaffof ekranli One M9 modeli ham Full HD matritsali M9+ yonida g‘arib ko‘rinadi. Shu jihatdan mazkur smartfonni kompaniyaning eng yaxshi loyihasi sifatida e’tirof etish mumkin. HTC One M9+ ekranida 5,2 dyuym dioganal IPS paneli qo‘llanilgan. Ko‘rsatish imkoni 2560×1440 nuqta (Quad HD).

Apparat platformasi va ishlash vaqti

Aytish kerakki, HTC One M9+, birinchi navbatda, Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan. Barcha “top” smartfonlar Qualcomm Snapdragon 810 o‘rnatayotgan bir paytda HTC kompaniyasi MediaTekni ma’qul ko‘rgan.

Smartfon ravon ishlaydi, barcha ilovalarni bir me’yorda ochadi. NTS qo‘llagan MediaTek Helio X10dan xavotirlanishga hojat yo‘q. Chunki Meizu MX5 va boshqa smartfonlar aynan mazkur protsessorlardan foydalangan. Apparat o‘yinlar chog‘ida bir oz qiziydi. Ishlash vaqti haqida maqtov aytish mushkul. Qurilma quvvati One M9 dek ko‘pi bilan bir kunga yetadi. 96 mm qalinlik bilan bemalol quvvati durust batareyka qo‘yish mumkin edi. Quvvat ko‘rsatgichi bor yo‘g‘i 2840 mA*s. Solishtirish uchun: 7,3 millimetrlik Sony Xperia Z3 smartfoni 3100 mA*s akkumulyator bilan ta’minlangan. MicroSD sig‘imi oshirilgan, o‘rnatma xotira 32 Gb.

HTC kompaniyasining Dolby Laboratories bilan kelishuvi bor. Shu sabab, One M9 oilasiga mansub smartfonlar ovozni to‘g‘rilash sistemasi bilan ta’minlangan. Ovoz a’lo darajada va siz hech bir qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaysiz. Hatto tabiat qo‘ynida dam olish chog‘ida alohida Bluetooth-karnay ham shart emas.

Va eng asosiysi – barmoq izi uchun skaner: U ekranning pastki qismida, Home tugmachasiga biriktirilgan. Skaner juda aniq ishlaydi. Vazifasi juda oddiy: qulflash. Qo‘shimcha “karomatlari” yo‘q.

Kamera

Yodingizda bo‘lsa, HTC One M8 da qo‘sh Duo kamera o‘rnatilgan va ushbu kamerada tasvirga tushirish jarayonida fokuslar, effektlarni o‘zgartirish imkoniyati bor edi. Ammo One M9da bular olib tashlanib, shunchaki, 20 MP modul qo‘yilgandi. One M9+ da esa Duo-kamera yana qaytdi. Sifati ham avvalgidan yaxshi.

Kamerada olingan rasmlar

Xulosa

HTC One M9 “plyusli uka”si yonida bir oz “zaif”ligi bor gap. Narxi ham “uka”da sifatiga arzirli. Yaxshilangan kamera, ya’ni rang-barang effektli Duo-qo‘sh kamera, sifatli ekran, barmoq skaneri HTC One M9+ ga alohida hurmat olib bergan. Ammo boshqa raqobatchilari bilan solishtirganda kamchiliklari yetarli. Masalan, og‘ir va katta korpus, eskirgan dizayn, kuchsiz quvvat. Bu tomonlarini ham aytmay bo‘lmaydi. Xullas, HTC One M9+ smartfonini NTS`ga alohida mehr-muhabbat bog‘lagan foydalanuvchilar uchun yaxshi variant, deyish mumkin.

Manba: Hi-tech.mail.ru

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.asaxiy.uz 3,441,700 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi