HTC smartfon ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi

  •   Saroy
  •  768
  •  15.08.2018 16:42

HTC smartfon ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi

HTC kompaniyasi smartfonlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarga berib yuborishi mumkin. Bu haqda o‘zining aniq bashoratlari bilan nom qozongan LlabTooFeR degan tahliliy kompaniya Twitter’da xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, yangi smartfon o‘rtacha  toifada bo‘ladi va kod nomi Imagine Life. U ham  HTC U12 Life’ga o‘xshab chiqadi va  Android 8.1 Oreo nazoratida ishlaydi. Shu bilan birga, smartfon begona ishlab chiqaruvchida  ODM sxemasida chiqadi.

Ta’kidlash joizki, bundan avval ham ko‘plab taniqli brendlar  mana shunday amaliyotga tez-tez murojaat qilib kelgan. Ular asosan arzon qurilmalarini boshqa ishlab chiqaruvchilariga beradi. Shunday brendlarning orasida masalan,  LG, Lenovo, Xiaomi, Meizu, va Huawei kompaniyalari ham bor. Bunday amaliyotni yil oxirigacha Samsung’dan ham kutishyapti.

O‘QING:HTC’da inqiroz: kompaniya 15 yillik faoliyati davomida eng og‘ir vaziyatga duch keldi

Kutilganidek, smartfon 6-dyuymli Full HD+ (2160 x 1080 pikseley) formatidagi displey bilan ta’minlanadi. Ikkitalik asosiy kamerasi 16+5 Mp, u fazali avtofokusli va 4K-video yozuv imkoniyati bilan ta’minlangan. Qolaversa, qurilmada 13-megapikselli chaqnog‘i bor old kamera ham joylashtirilgan.

Apparatning asosi sakkizyadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessori bo‘ladi. U  4 GB tezkor xotira va 64 GB ichki flesh-xotiraga ega. Akkumulyatori 3600 mAch sig‘imli. Barmoq izlari skaneri ham bor, biroq u qayerda joylashgani noma’lum.

O‘QING:HTC jon beryapti: savdo 68 foizga tushib ketdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!