Android 10'ning xalqaro proshivkasi kelishni boshladi

Android 10'ning xalqaro proshivkasi kelishni boshladi

Beta talqin haqidagi bir necha reklamalardan so‘ng va nihoyat Samsung S10e, S10, S10+ va S10 5G flagmanlariga xaqlaro proshivkani yuborishni boshladi. 

Tizim yangilanishi janubiy koreyalik foydalanuvchilarga bir necha kun oldin taqdim qilingan edi. Endi esa Android 10'ning barqaror reliziga qadar butun dunyodagi mijozlar yangicha imo-ishoraviy boshqaruv, Focus rejimi va One UI'ga kiritilgan qo‘shimcha funksiyalarni sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.Dizayn borasidagi o‘zgarishlar qatoriga takomillashgan bildirishnomalar boshqaruvi hamda soddalashtirilgan tugmachalar joylashuvi kiradi. Bu o‘yin va media sessiyalari paytida qo‘l keladi, sababi pop-up bildirshnomalar paneli endi ekranning kichikroq qismini egallaydi. Bundan tashqari, ovoz balandligi nazorati paneli ham kichiklashtirilgan. Qora fon borasida ham o‘zgarishlar qilingan. Endlikda ushbu rejim bilan ekran rasmining yorug‘lik darajasini pasaytirish; matn, rang, bildirishnomalar hamda qulf ekranidagi soatni ham moslashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Yangi qo‘shilgan Focus rejimi yordamida ba’zi ilovalar sizga halal bermasligi uchun ularning ishlashini belgilangan muddat davomida to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin. 

Android 10'ning beta talqinini sinab ko‘rish uchun S10 lineykasi foydalanuvchilari Samsung Members ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

O‘QING: Android asoschisi Essential Phone 2’ni namoyish etdi – butunlay o‘zgacha smartfon! (+«jonli» video)