Huami Amazfit GTR – naq 74 kungacha quvvatlash talab etilmaydigan smart-soat chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1490
  •  17.07.2019 18:22

Huami Amazfit GTR – naq 74 kungacha quvvatlash talab etilmaydigan smart-soat chiqdi!

Xiaomi korporatsiyasining sho‘’ba korxonalaridan bo‘lmish Huami kompaniyasi Amazfit GTR rusumli «aqlli» soatni namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, diametri 47 millimetrlik Amazfit GTR bitta quvvat bilan naq 74 kun ishlay oladi!

O‘QING: Xiaomi Apple Watch’dan besh karra arzon, bitta quvvat bilan 20 kun ishlovchi smart-soatini taqdim etdi!

Sal oshirib yuborgandek tuyulishi mumkin, lekin Amazfit GTR chindan ham shunaqa avtonomlik namoyish etadi. Faqat buning uchun gadjetni bazaviy rejimda ishlatish talab etiladi. Bu rejimda esa smart-soatning asosiy funksiyalarigina ishlaydi, eng «aqlli» funksiyalari o‘chirib qo‘yiladi. Oddiy rejimda qo‘llaganda esa Amazfit GTR batareyasining quvvati 24 kun ishlashga yetadi – buyam yomon ko‘rsatkich emas.

Amazfit GTR nomidagi ikkinchi so‘z – «Grand Tour Racing»ning qisqartmasidir.

Smart-soatning texnik jihatlari:

Displey: 47 mm.ligi – 1,39 dyuym (454x454 piksellik, AMOLED); 42 mm.ligi – 1,2 dyuym (390x390 piksellik, AMOLED) + Gorilla Glass himoya shishasi

Datchik va modullari: akselerometr, giroskop, barometr, yoritilganlik datchigi, pulsometr, NFC, GPS + GLONASS, Bluetooth 5.0

Suvdan himoyasi: 50 metrgacha

Operatsion tizimlar bilan ishlashi: Android 5.0 hamda iOS 10 talqinlaridan boshlab

Akkumulyator: 47 mm.ligi – 410 mA/soat; 42 mm.ligi – 195 mA/soat

Avtonomligi (oddiy rejimda): 47 mm.ligi – 24 kungacha; 42 mm.ligi – 12 kungacha

Bulardan tashqari, 47 millimetrlik versiyasida yurak aritmiyasini diagnostika qilish opsiyasi ham mavjud.

O‘QING: Apple Watch’dagi yangi funksiya 87 yashar ayolning hayotini saqlab qoldi

Narxlariga keladigan bo‘lsak, 42 millimetrlik standart versiyadagi Amazfit GTR smart-soati uchun 799 yuan so‘rashyapti, bu esa taxminan 116 AQSh dollari, deganidir. Devaysning cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan Swarovski seriyasi esa 999 yuanga (yoki 145 dollarga) baholangan.

Amazfit GTR «aqlli» soatining 47 millimetrlik, alyuminiy qotishmasi va zanglamas po‘latdan ishlangan versiyasi 999 yuan (145 dollar) turadi. Uning yana titandan ishlangan versiyasi hamda maxsus «Iron Man» nashri ham bor, ularning bir donasi uchun 1399 yuan (taxminan 203 dollar) narx belgilangan.

Xitoyning o‘zida barcha versiyalardagi Amazfit GTR smart-soatlari uchun allaqachon buyurtma berish mumkin. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Apple, Samsung hamda Xiaomi kompaniyalarining turli fitnes-brasletlari hamda smart-soatlarini 250 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi har soatda qancha Mi Band 4 sotilayotganini aytdi. Natija hayratlanarli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!