Huawei $100 dollarlik “Honor 5A”ni sotuvga chiqardi

Huawei $100 dollarlik “Honor 5A”ni sotuvga chiqardi

Xitoyda faoliyat ko‘rsatayotgan 300 nafar smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun so‘nggi vaqtda 100 AQSh dollari atrofidagi innovatsion mobil vositani ishlab chiqarish bo‘yicha poyga o‘ynashmoqda.
Meizu kompaniyasi yaqindagina $106 dollarlik “m3s”ni namoyish qilgan bo‘lsa, bu namoyishdan bir kundan keyin Huawei xuddi shu narxda Honor 5A’ni taqdim qildi.
5.5 dyuymli Honor 5A aloqa vositasi IPS LCD turidagi 720 x 1280 piksel sig‘imli, shisha himoya qatlamili displeyga ega. Mobil qurilmaning 1.2 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Kirin 620 SoC protsessorli, shuningdek 1.5 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 617 protsessorli talqinlari ishlab chiqariladi.
Smartfon 2 GB tezkor xotira bilan ta’minlangan bo‘ladi. Shu bilan birga, uning doimiy ichki xotirasining hajmi 16 GB. microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida xotira sig‘imini 256 GBgacha kengaytirish mumkin.


“Aqlli telefon” Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.
Honor 5A 8 megapikselli, F/2.0 diafragma, 4P ob’yektivkali va ko‘k shisha filtrli selfi kameraga, avtofokus funksiyasi, LED fotochaqnog‘i va qator texnologiyalarga ega 13 MP bosh kameraga ega.
Honor 5A smartfonining o‘lchamlari: 154.3 x 77.1 x 8.5 mm. U 168 gramm tosh bosadi. Boisi uning quvvat toshi – akkumulyatori kattagina, ya’ni 3,100 mA soat elektr toki sig‘imiga ega.
2 ta SIM-kartani qshllab-quvvatlovchi gadjet korpusi plastik xomashyosidan tayyorlangan. Uning hoshiyasi metall rom bilan o‘ralgan.
Uning o‘ziga xos jihati – qurilma yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan taqdirda, uning apparat ta’minotida o‘rnatilgan xavfsizlik tizimi orqali telefonni osongina topish mumkin.
Shu bilan birga, quvvatni tejash funksiyasining joriy qilingani ham muhim jihat ekani aytilmoqda. Ya’ni, uni quvvatlab to‘la imkoniyatda kuni bilan foydalanish mumkin. Galjetda akselerometr, masofa-oraliq, kompas sensor-datchiklari o‘rnatilgan.
Pekinda taqdim qilingan Honor 5A smartfoni 17 iyundan 106 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqarildi.

Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari sohasida Xitoy va jahonning yetakchi Huawei Technologies Co. Ltd. kompaniyasiga 1987 yilda Xitoyda asos solingan.